Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov ruminiyalik xalqaro ekspert Daniela-Elena CLEJANU bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va muvofiqlikni baholash sohalarida islohotlarni chuqurlashtirish, sohani xalqaro andozalarga moslashtirish, standartlardan keng foydalanish muhitini yaratish, muvofiqlikni baholash jarayonlariga zamonaviy uslublarni joriy qilish, bozor nazorati kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Texnik tartibga solishga oid milliy qonunchilikni JST bitim, qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirish, JST normalarini milliy qonunchilikga implementatsiya qilish, JSTga aʼzo davlatlar bilan Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish hamkorligi (ILAC) va Xalqaro akkreditatsiya forumi (IAF)ning sertifikat va sinov bayonnomalarini oʻzaro tan olish boʻyicha kelishuvlarga eʼtibor qaratildi.
"Mahsulot xavfsizligi toʻgʻrisida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish ustuvor yoʻnalish sifatida qayd etildi. Tadbir yakuniga koʻra, yuqoridagi mavzular yuzasidan mutaxassislar uchun seminar-treninglar tashkil etishga kelishib olindi.