Savdodagi texnik to‘siqlar, Sanitariya va fitosanitariya choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi bitimga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Jahon Savdo Tashkiloti (WTO) 1995-yilda aʼzo-davlatlar oʻrtasidagi xalqaro savdoni liberallashtirish, savdo va siyosiy munosabatlarni tartibga solish maqsadida tashkil etilgan. JST 1947-yil tuzilgan xalqaro bitim – GATT(ing. General Agreement on Tariffs and Trade)ning davomchisi hisoblanadi.

JST Kotibiyatining tajribali ekspertlari Alsala Rolando va Matur Sajal tomonidan Savdodagi texnik to‘siqlar, Sanitariya va fitosanitariya choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi bitim, shaffoflik masalalari, so‘rov punkti va e-Ping platformasi faoliyati bo‘yicha tushintirishlar berildi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya va aholi salomatligini muhofaza qilish qo‘mitasi, Karantin va o‘simliklarni muhofaza qilish agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillari ishtirok etgan tadbirda JST ekspertlari tomonidan ishtirokchilarning barcha savollariga atroflicha javob qaytarildi.