O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Kolumbiyada bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO)ning Bosh Assambleya yig‘ilishi doirasida Amerika Milliy standartlar instituti (ANSI) vitse prezidenti Jozef Tretler bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ma’umot uchun: Amerika Milliy standartlar instituti (ANSI) faoliyati 1918-yildan boshlangan. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO), Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC), Xalqaro akkreditatsiya qilish forumi (IAF), Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish tashkiloti (ILAC)ning to‘laqonli a’zosi. ISO tashkilotini 560 ta texnik qo‘mitasida to‘laqonli, 8 ta texnik qo‘mitasida kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi va 93 ta Sekretariatni boshqaradi. Uchrashuvda O‘zbekiston va AQSh standartlashtirish sohasida hamkorlik munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari, standartlashtirish sohasida hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, texnik qo‘mitalar faoliyatini takomillashtirish, xalqaro standartlarni joriy etish va kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston–AQSh o‘rtasida soha yo‘nalishida o‘zaro manfaatli  hamkorligini yanada kengaytirish, tomonlarning ulkan salohiyatidan to‘liq foydalanish, yangi istiqbolli loyihalarni ishga kengaytirish va yanada chuqurlashtirish bo‘yicha fikr almashildi.

Eksport bozorlarini kengaytirish maqsadida  savdodagi texnik to‘siqlar, eksport-import mahsulotlarga qo‘yilgan talablarga  e’tibor qaratildi. Muzokaralar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Amerika Milliy standartlar instituti (ANSI) o‘rtasida hamkorlik yuzasidan anglashuv memorandumi imzolandi.