O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchi sanoat va eksportyor korxonalar faoliyatini o‘rganish, sohaga doir masalalarda amaliy yordam berish va konsultativ xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Filial xodimlari Qo‘ng‘irot tumanida faoliyat yuritayotgan "USTYURT SODIUM SULFATE" masʼuliyati cheklangan jamiyatida bo‘ldilar. Korxona tomonidan natriy sulfat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Korxona 2023-yili 461,1 ming AQSh dollarlik, joriy yilning 1-yarim yilligida 273,9 ming AQSh dollarlik natriy sulfat mahsulotlarini Qozog‘iston va Tojikiston davlatlariga eksport qilgan.
Jarayon davomida korxonaga standartlashtirish, sertifikatsiyalashtirish, mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish, sifat menejment tizimlari joriy etish hamda sohaga oid boshqa masalalar yuzasidan amaliy yordam va konsultativ xizmatlar ko‘rsatildi. Korxona rahbariyati va vakillari bilan muzakoralar o‘tkazilib, eksport geografiyasini kengaytirish maqsadida o‘z mahsulotlarini boshqa davlatlarga eksport qilishda ISO 9001 sifat menejment tizimi talablari asosida sertifikatlashtirish bo‘yicha konsultativ xizmat ko‘rsatildi.
Hozirgi vaqtda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan natriy sulfat mahsulotiga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.