Energiya xarajatlarini kamaytirish va uy xo‘jaliklari, binolar va sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish - energiya va iqlim bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun javob berilishi kerak bo‘lgan asosiy savollardir.
ISO 50001 energiya boshqaruvi tizimlari standarti bo‘lib, talablar va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma energetika samaradorligini boshqarish va energiya xarajatlari bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun asos hisoblanadi. Bundan tashqari, korxonalar maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish uchun atrof-muhitga salbiy ta'sirini kamaytirish, chiqindilarni kamaytirishni nazarda tutadi.
Barcha xalqaro standartlar singari, ISO 50001 vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqiladi. ISO 50001 xalqaro standartining yangi, ikkinchi versiyasi 2018-yil avgust oyida nashr etilgan.
ISO 50001:2018 yuqori boshqaruv rolini ifoda etadi, chunki EMSni samarali amalga oshirish uchun kompaniyaning butun tashkiliy madaniyatini, uning me'yorlari va talablarini o‘zgartirish, ushbu ishga tashkilotning barcha xodimlari va bo‘limlarini jalb qilish kerak. Hujjatning yangi versiyasi aniqroq tilda yozilgan. ISO 50001:2018 ISO 9001:2015, ISO 14001:2015 va ISO 45001:2018 yangi versiyalari (OHSAS 18001: 2007 o‘rnini bosuvchi) bilan umumiy tuzilma, elementlar va terminologiyaga ega, shu jumladan, jarayon kontekstiga nisbatan, tashkilot va risklarni boshqarish. Bundan tashqari, standartning 3-bo‘limidagi atamalar va ta'riflar ularning ma'nosiga ko‘ra tuzilgan, ba'zilariga aniqlik kiritildi, yangilari qo‘shildi. Masalan, "energiya samaradorligini oshirish (energy performance improvement)" ta'rifi kiritilgan. Energiyani ko‘rib chiqish (energy review) aniqroq ko‘rsatilgan. Energiya turlari uchun aniq istisnolar ya'ni energiya ma'lumotlarini yig‘ish rejalari (ilgari "energiya o‘lchash rejalari" deb nomlangan) va tegishli talablar bo‘yicha batafsil ma'lumotlar qo‘shildi. Energiya samaradorligi ko‘rsatkichlari va energiyaning asosiy ko‘rsatkichlari tushunchalariga ham aniqlik kiritilgan.
ISO 50001:2018 boshqa menejment tizimi standartlari bilan yaxshiroq mos keladi, bu esa bir nechta boshqaruv tizimi standartlarini joriy qiluvchi tashkilotlar uchun amalga oshirishni osonlashtiradi. Bundan tashqari, standart tushunish uchun aniqroq bo‘ldi. Umuman olganda, energiyani boshqarish standartini qo‘llaydigan kompaniyalar soni ortib borishi iqtisodiyot uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.