Vatanimiz istiqlolga erishgan kundan boshlab jamiyatimizda tinchlik va barqarorlik, fuqarolar va millatlararo hamjihatlik muhiti tobora mustahkamlanib bormoqda. Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar, hayotimizning barcha jabhalarini erkinlashtirish, iqtisodiyot va uning tarmoqlarini, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish va ularga keng imkoniyatlar yaratish borasida katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Ana shu yo‘lda xizmat qilayotgan soha fidoiylarini Mustaqilligimizning 33 yillik shodiyonasi arafasida taqdirlash maqsadida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida tadbir tashkil etildi. "Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" shiori ostida o‘tkazilgan mazkur tadbirda Agentlik direktori A.Jumanazarov eng ulug‘, eng aziz bayram munosabati bilan o‘z samimiy tilaklarini bildirib, Agentlik va uning tizim tashkilotlarida samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bir guruh xodimlarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alarini topshirdi.