O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Amerika Milliy standartlar instituti (ANSI) vitse prezidenti Jozef Tretler bilan videokonferensiya tarzida uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va AQSH standartlashtirish sohasida hamkorlik munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari, standartlashtirish sohasida hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, texnik qo‘mitalar faoliyatini takomillashtirish, xalqaro standartlarni joriy etish va kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Amerika Milliy standartlar instituti (ANSI) vitse prezidenti Jozef Tretler O‘zbekistonning Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO), Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC)da faoliyati, davlatlararo ko‘p tomonlama savdo tizimini muvofiqlashtirib turuvchi nufuzli xalqaro tuzilma Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonlarini faollashganini e’tirof etdi.
O‘zbekiston-AQSH o‘rtasida soha yo‘nalishida o‘zaro manfaatli hamkorligini yanada kengaytirish, tomonlarning ulkan salohiyatidan to‘liq foydalanish, yangi istiqbolli loyihalarni ishga kengaytirish va yanada chuqurlashtirish bo‘yicha fikr almashildi.
Eksport bozorlarini kengaytirish maqsadida savdodagi texnik to‘siqlar, eksport-import maxsulotlarga qo‘yilgan talablarga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) Bosh Assambleya yig‘ilishi doirasida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Amerika Milliy standartlar instituti (ANSI) o‘rtasida hamkorlik yuzasidan anglashuv memorandumi imzolashga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun: Amerika Milliy standartlar instituti (ANSI) faoliyati 1918-yildan boshlangan. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO), Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC), Xalqaro akkreditatsiya qilish forumi (IAF), Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish tashkiloti (ILAC)ning to‘laqonli a’zosi. ISO tashkilotini 560 ta texnik qo‘mitasida to‘laqonli, 8 ta texnik qo‘mitasida kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi va 93 ta Sekretariatni boshqaradi.