Moskva shahrida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Rossiya texnik tartibga solish agentligi va metrologiya federal agentligi rahbari A.Shalayev va uning tizim tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda texnik tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya sohasida olib borilayotgan ishlar, sohaga raqamlashtirish tizimini joriy etish, texnik qo‘mitalar faoliyati samaradorligini oshirish, Rossiya va O‘zbekiston texnik qo‘mitalari hamda laboratoriyalari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, Xalqaro Elektrotexnik Komissiyasi (MEK) muvofiqlikni baholash tizimida ishtirok etish, standartlarni saqlash va tarqatish, eng yaxshi standartchi ko‘rik tanlovini o‘tkazish, kalbrlash va metrologiya xizmatlarini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi va Rossiya tajribasi o‘rganildi.
Uchrashuv natijasiga ko‘ra, “O‘zbekistonga metrologiya sohasida texnik ko‘mak ko‘rsatish to‘g‘risida hukumatlararo Bitim” doirasida kelishilgan ro‘yxatga muvofiq uskunalar yetkazib berish jadvali imzolandi.