O‘zbekiston-Turkiya oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi doirasida imzolangan Hamkorlik Bitimi ijrosi yuzasidan Agentlik direktori Akmal Jumanazarov Turk standartlari instituti (TSE) vakili, standartlashtirish sohasi eksperti Niyaziy Seg‘gin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda xalqaro darajada standartlarni ishlab chiqish, joriy etish, milliy texnik qo‘mitalar faoliyatini takomillashtirish va ISO, IEC, SMIC xalqaro tashkilotlar texnik qo‘mitalarida faol ishtirok etish, texnik tartibga solish sohasini Jahon savdo tashkiloti andozalariga uyg‘unlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, Global sifat infratuzilma indeksi (Global Quality Infrastructure Index (GQII) reytingida yuqori pog‘onalarga ko‘tarilish masalalarida fikr almashildi va Turkiya tajribasi o‘rganildi. Standartlashtirish va muvofiqlikni baholash sohasida hamkorlikni rivojlantirish, malakali kadrlarni tayyorlash, raqamlashtirish, xodimlarning ilmiy salohiyatini oshirishda hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.