Bugungi kunda energiya samaradorligi va tejamkorligi yoʻnalishida olib borilayotgan islohotlar nafaqat mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, balki katta miqdordagi mablagʻlarni iqtisod qilish, uni boshqa istiqbolli loyihalar roʻyobi uchun yoʻnaltirish imkonini bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-iyundagi "Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-222-son Qarorining qabul qilinishi ham ana shu islohotlarning yorqin isbotidir.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash hamda uning mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazish maqsadida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida brifing tashkil etildi. Tadbir davomida Agentlik va uning tizim tashkilotlari xodimlarini qiziqtirgan savollarga masʼullar tomonidan batafsil javob qaytarildi.