O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Kolumbiya Standartlashtirish tashkiloti (L'Instituto Colombiano de Normas Técnicas y Certificación-ICONTEC) masʼullari oʻrtasida videokonferensiya tarzida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Kolumbiya standartlashtirish sohasida hamkorlik munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari, standartlashtirish sohasida hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, texnik qo‘mitalar faoliyatini takomillashtirish, xalqaro standartlarni joriy etish va kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, ikki davlat o‘rtasida soha yo‘nalishida o‘zaro manfaatli  hamkorlikni yanada kengaytirish, tomonlarning ulkan salohiyatidan to‘liq foydalanish, yangi istiqbolli loyihalarni ishga tushirish va yanada chuqurlashtirish bo‘yicha fikr almashildi.

Shuningdek, eksport bozorlarini kengaytirish maqsadida savdodagi texnik to‘siqlar, eksport-import maxsulotlarga qo‘yilgan talablarga  e’tibor qaratildi. Uchrashuv yakunida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Kolumbiya Standartlashtirish tashkiloti (L'Instituto Colombiano de Normas Técnicas y Certificación-ICONTEC) o‘rtasida hamkorlik yuzasidan anglashuv memorandumi imzolashga kelishib olindi.

Ma’lumot uchun: Kolumbiya Standartlashtirish tashkiloti (L'Instituto Colombiano de Normas Técnicas y Certificación-ICONTEC) faoliyati 1963 yildan boshlangan. Halqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO), Halqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC), The Pan American Standards Commission (COPANT) a’zosi. ISO tashkilotini 65 ta texnik qo‘mitasida to‘laqonli, 129 ta texnik qo‘mitasida kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi va 1 ta Sekretariatni boshqaradi.