O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov "Oʻzsanoatqurilishbank ATB" boshqaruv raisi oʻrinbosari Shaxzod Yusupov bilan qurilish mahsulotlari, bino va inshootlar sifati va xafvsizlik ko‘rsatikchilarini to‘liq qamrab oladigan sinov laboratoriyasini tashkil qilish masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu yo‘nalishda tomonlar oʻrtasida istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Shundan so‘ng, masʼullar Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi qoshidagi qurilish va qurilishda ishlatiladigan metall mahsulotlari sinov laboratoriyalar majmuasida bo‘lib, mavjud sinov uskunalari va sinov jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Bundan tashqari, "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi qoshida tashkil qilinishi rejalashtirilayotgan yangi sinov majmuasi binosi ko‘zdan kechirilib, hamkorlikdagi ishlarni jadallashtirish yuzasidan kelishib olindi.