O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Asadulla Qayumov o‘rtasida videokonferensiya tarzida muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tizim tashkilotlari, boshqarmalar va hududiy filial masʼullari ishtirok etgan mazkur uchrashuvda mahsulotlar sifatini nazorat qilish, isteʼmolga yaroqsiz hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan mahsulotlar aylanmasining oldini olish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot yakunida ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash, raqobat muhitini rivojlantirish va sohaga oid boshqa bir qator yo‘nalishlarda hamkorlikdagi istiqbolli rejalar belgilab olindi.