O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi mas’ullari Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Surxondaryo filiali mutaxassislari bilan hamkorlikda viloyatdagi bir qator korxonalarda bo‘lib, tadbirkorlik subyektlariga sohaga doir yangiliklar, ko‘rsatiladigan xizmatlar yuzasidan yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib bordi.
Jumladan, Termiz shahrida qurilish mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi "Ulug‘bek xojiniso" masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda muzqaymoq va sut mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "SAIDJON MUXAMMADJON MUZQAYMOQLARI" masʼuliyati cheklangan jamiyati vakillariga xalqaro ISO 9001, ISO 14001 va ISO 45001 xalqaro standartlarini joriy etish afzalliklari to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.