Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi masʼullari Jizzax va Qashqadaryo hududiy filiali mutaxassislari bilan hamkorlikda "Talimarjon issiqlik elektrstansiyasi" aksiyadorlik jamiyati vakillari bilan uchrashdi.
Tomonlar o‘rtasidagi mazkur uchrashuv mobaynida texnik jihatdan tartibga solish sohasiga oid masalalarda hamkorlik ishlarini keng yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda ushbu korxonada elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha yana bir yirik quvvatli yangi loyiha ishga tushirilmoqda.