Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi masʼullari "O‘zbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi Shurtan gaz kimyo majmuasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Qashqadaryo viloyatida faoliyat yurituvchi mazkur majmuaning texnologiyalari 150 markadagi yuqori, o‘rta va past bosimli chiziqli polietilen hamda boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.
Uchrashuv mobaynida mahsulotlar sifati va xavfsizligini oshirish, eksportga yoʻnaltirish masalalari tomonlar oʻrtasida muhokama qilindi. Muloqot yakunida sohadagi hamkorlikni yanada kengaytirish borasida kelgusi rejalar belgilab olindi.