Buxoro muhandislik-texnologiya institutida Kimyoviy va oziq–ovqat texnologiyalari fakultetining "Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (sanoat)" yo‘nalishi bitiruvchi talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi bo‘lib o‘tdi.

Yosh kadrlarning bilimlarini sinovdan o‘tkazish jarayonida Agentlik tizimidagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Buxoro filiali rahbari U.Bozorov komissiya raisi sifatida ishtirok etdi.

Ana shunday jarayonlarning hamkorlikda tashkil etilishi bilim va salohiyati yuqori bo‘lgan bo‘lg‘usi mutaxassislarni sohaga jalb etish imkoniyatini yaratadi.