O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazining "Uzmetconstruction" sinov laboratoriyalar majmuasida rux va polimer qoplamali metall listlarni sinovlarini o‘zlashtirish uchun olingan sinov uskunlari bilan tanishdi.


Bundan tashqari, 880-sonli Gaz yoqilg‘isida ishlaydigan uskunalar xafvsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament talablariga muvofiq Maishiy gaz plitalar sinovlarini o‘zlashtirish uchun ishlab chiqilgan nostandart sinov uskunalari e’tibor markazida bo‘ldi.

Metall mahsulotlariga ixtisoslashgan mazkur laboratoriyada sinov uskunalarini to‘liq hajmda ishlashini ta’minlash hamda sinov majmuasi yer to‘la qismidan unumli foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlash yuzasidan masullarga vazifalar belgilab berildi.