O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Xorazm filiali sinov laboratoriyalari faoliyati bilan tanishib, mutaxassislar bilan suhbat o‘tkazdi.
Shuningdek, viloyatdagi bir qator yirik sanoat korxonalari vakillari bilan uchrashib, ularning mahsulotlar ishlab chiqarish va sertifikatlashtirish jarayonidagi sohaga doir muammolariga amaliy yechim berish borasida kerakli tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari, hududiy filial masʼullariga mahsulotlar sifat va eksport hajmini oshirish yuzasidan korxonalar bilan doimiy hamkorlikda ishlash hamda amaliy yordam berish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.