Minsk shahrida bo‘lib o‘tayotgan Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengashi (MGS)ning navbatdagi 65-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Ozarbayjon standartlashtirish instituti direktori Ilxom Bayramov, Ozarbayjon akkreditatsiya markazi direktori Emin Zeynalov, Ozarbayjon metrologiya instituti direktori Rovshan Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va akkreditatsiya bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlik mexanizmni yaratish va yaqin hamkorlikni amalga oshirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi

Texnik qo‘mitalar faoliyatini takomillashtirish, Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO), Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC) doirasida hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Ozarbayjon tomoniga soha yo‘nalishida kadrlar malakasini oshirish, treyning seminarlar tashkil etishda yordam berish va savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha muloqotga tayyor ekanligini bildirdi.

Shu bilan birga, Belarus davlat standartlashtirish va sertifikatlashtirish instituti (BelGIM) direktori Skuratov Aleksandr Gennadevich bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston standartlar instituti va BelGIM o‘rtasida standartlarni qabul qilish va tarqatish bo‘yicha litsenziya kelishuvi imzolandi.