O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori o‘rinbosari O. Tohirov, Farg‘ona viloyatidagi tizim tashkilotlari mas’ullari hamkorligida Farg‘ona shahridagi elektromobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “CENTRAL ASIA MOTORS” qo‘shma korxonasida bo‘lib, elektromobillarni ishlab chiqarish, kelgusida mahalliylashtirish dasturiga erishish uchun ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi mahsulot turlarini o‘zlashtirishda ularni texnik jihatdan tartibga solish va metrologik ta’minlanganligi bo‘yicha murojaatlarini o‘rganilib, elektromobillarni sinash va sertifikatlashtirish bo‘yicha hamkorlikda ishlarni tashkil etishga kelishib olindi.

Shuningdek, Quvasoy shahridagi “Bunyodkor yoshlar sanoat zonasi”da yangi ishga tushirilgan quyosh panellari va yoritish uskunalari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “BLUE CARBON” qo‘shma korxonasida bo‘lib, korxona tomonidan ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilayotgan mahsulotlarning sifat va xavfsizlik talablariga to‘liq mos kelishi, metrologik ta’minlanganligi, ularni elektromagnit moslashuvchanlik hamda enegiya samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinash ishlarini tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, Quvasoy shahar “Bunyodkor yoshlar sanoat zonasi” da yangi ishga tushirilgan ketring xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan “GARDEN CATRING” korxona faoliyati o‘rganildi. Korxona Turkiya hamkorlari bilan birgalikda tashkil etilgan bo‘lib, viloyatdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tayyor oziq-ovqatlarni yetkazib berish rejalashtirilgan.

Korxona tomonidan ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan tayyor va yarim tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi Farg‘ona viloyati filialida davriy sinovlarni o‘tkazish orqali ularning sifati va xavfsizligini ta’minlashga kelishib olindi.