O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov hamda boshqa mas’ullar Toshkent davlat texnika universiteti “Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasida hamkorlik yuzasidan davra suhbatida bo‘ldilar.

Ular ayni damda bitiruvchilarning bitiruv malakaviy ishi himoyasida qatnashdilar, shuningdek, kafedrada mavjud laboratoriyalar faoliyati bilan tanishib, ularni yanada takomillashtirish yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.