O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Аkmal Jumanazarov Samarqand viloyatida bo‘lib oʼtgan “O‘zbekiston -Malayziya” biznes-forumi doirasida Malayziya Islom taraqqiyoti departamenti (JAKIM) bosh direktori Hakima Mohd Yusuf bilan uchrashdi.

Unda halol standartlarni joriy etish, sertifikatlashtirish va bu borada Malayziyaning ilg‘or tajribasini joriy etish yuzasidan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Maʼlumot uchun: Malayziya Islom taraqqiyoti departamenti (JAKIM) muvofiqlikni baholovchi idoralarini akkreditatsiya qiluvchi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi davlat organi hisoblanadi. JAKIM tarkibida “Latihan Islam” instituti tashkil etilgan. Institut sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalari xodimlari uchun ISO standartlari va «Halal» sertifikatlash tizimini joriy etish bo‘yicha malaka oshirish kurslarini tashkil qiladi. Bugungi kunga qadar JAKIM sertifikatlari Malayziyada tan olingan dunyoning 46 davlatining milliy sertifikatlashtirish organlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Muzokaralar davomida Malayziya tomoniga standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalarida amalga oshirilayotgan tarkibiy oʼzgarishlar, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, standartlardan keng foydalanish uchun muhit yaratish, shuningdek, muvofiqlikni baholash jarayonlariga zamonaviy usullarni joriy etish boʼyicha koʼrilayotgan chora-tabirlar haqida maʼlumot berildi.

Malayziya tomoni O‘zbekistonlik sheriklar bilan hamkorlikni yoʼlga qoʼyish va rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Uchrashuv yakunlari boʼyicha Malayziya Islom taraqqiyoti departamenti (JAKIM) bilan halol standartlarni joriy etish, sertifikatlashtirish va malakali mutaxassislar tayyorlashda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Halqaro hamkorlik va integratsiya boshqarmasi