O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Xalqaro va milliy standartlarni ishlab chiqish va uni tarmoqlarda keng joriy etishda standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarning o‘rni va ahamiyati” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

 Matbuot anjumanida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston Standartlar instituti vakillari ishtirok etib, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish faoliyati yuzasidan yangi Farmon va qarorlari, ularning mazmun mohiyati,  O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida Texnik jihatdan tartibga solish sohasini rivojlantirish bo‘yicha Respublika idoralararo kengashi tuzilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Jumladan mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlarimizning sifatini oshirish, jahon bozorlarida raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bu Qonun O‘zbekiston standartlar instituti oldiga ham muhim vazifalarni qo‘yadi. Ushbu Qonun standartlash, sertifikatlash va texnik jihatdan tartibga solish sohasida tub o‘zgarishlarni amalga oshirishga va sohani yangi bosqichga olib chiqishga asos bo‘ladi.