Raqamli texnologiyalar vazirligida “Iqtisodiyot tarmoqlarida standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarning o‘rni” mavzusida konferensiya tashkil etildi.

Konferensiya standartlashtirish sohasida faoliyat olib borayotgan texnik qo‘mitalar faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish, tajriba almashuv hamda texnik qo‘mitalar ishini yangicha yondashuvlariga qaratildi.

Tadbirda tegishli vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalarining standartlashtirish sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislari hamda ularning tizimidagi texnik qo‘mitalar vakillari ishtirok etdi.