Agentlik huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazlarining Buxoro viloyati hududiy filialari Buxoro muhandislik-texnologiya instituti bilan hamkorlikda “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasida ilmiy innovatsion laboratoriya markazi tashkil etildi.
Mazkur laboratoriyada kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy izlanishlar va talabalarning tajriba mashg‘ulotlarida o‘lchashlarni yuqori aniqlikda olib boradigan qurilmalardan foydalanib kelinmoqda. Bunday laboratoriyaning tashkil qilinishi ilmiy izlanishlar natijasida kafedra ilmiy salohiyatini oshishiga va talabalarning ta’lim sifatini yuqori darajalarga ko‘tarishga samarali xizmat qiladi.
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasida fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik integratsiyasini mustahkamlash va rivojlantirish, raqobatbardosh, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlarni birgalikda tayyorlash, ularga sifatli nazariy bilimlarni berish va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.