O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Nazorat inspeksiyasi Toshkent viloyati bo'limi tomonidan Toshkent viloyati, Parkent tumanida joylashgan (PKJ MCHJ nomi o`zgartirilgan) sexida sifati kafolatlanmagan, muvofiqlik sertifikatsiz profnastil mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug`ullanuvchi sex fosh etildi.
Sex tomonidan qayta ishlangan 2 turdagi (kulrang va oq rangli 220 markali 0.37*1250) profnastil mahsulotining sifati tekshirilganda standart talabiga ko`ra sifatsizligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Davlat inspektorlari tomonidan 38 mln so`m jarima tarzidagi moliyaviy sanksiya qo’llanilishi to`g`risida dalolatnoma rasmiylashtirildi. Bundan tashqari, mahsulot realizatsiyasiga taqiq qo`yilib, MJTKning tegishli moddalari bilan qonuniy choralar ko'rilmoqda.