Jizzax shahrida “Xiva xoniy” MChJ eksportyor korxonasi hozirgi kunda Xitoyga asal mahsulotini eksport qilmoqda. Agentlikning “UzTEST” markazi Jizzax filiali mutaxassislari mazkur korxonada bo‘lib GSP+ tizimi bo‘yicha tushunchalar berishdi. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni kelgusida Yevropa davlatlariga ham eksport qilish va bundagi imtiyozlar bo‘yicha keng ma’lumotlar ham berildi.
Shuningdek, korxonaga kelgusida ishlab chiqariladigan yangi turdagi mahsulotlarni sertifikatlash, eksport geografiyasini kengaytirish uchun xorijiy davlatlar standartlari talabini o‘rganishda va sohaga oid boshqa masalalarda amaliy yordam berish bo‘yicha hamda imtiyozlar asosida eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan xalqaro sertifikatlar (ISO-22000) olish uchun xarajatlarni to‘lab berishda moliyaviy yordam olish mumkinligi alohida ta’kidlandi.