Joriy yilning 22-24 yanvar kunlari “O‘zbek-Turk Test Markazi” qo‘shma korxonasida ISO/IEC 17065 va ISO 19011 “Muvofiqlikni baholash. Mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish organlariga qo‘yiladigan talablar” hamda “Ichki audit” standartlari bo‘yicha o‘quv kursi tashkil qilindi.
O‘quv kursini Turk standartlari instituti (TSYe) departamenti direktori - xalqaro ekspert auditor Mesut Duru olib bordi. Unda ishtirokchilar TSYe da “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish” jarayonlari, sifat menejmenti tizimini ishlab chiqish va ichki audit o‘tkazish tajribasi bilan tanishtirildi.
O‘quv kursida O‘zTTSA “UzTEST” markazi, AJ “O‘zbekekspertiza”, MChJ “Tib Standart Servis”, “O‘zbek-Turk Test Markazi” va boshqa ko‘plab idora xodimlari ham qatnashdilar.