Ona yurtimiz har doim o‘zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o‘z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi.
Kuni kecha Navoiy viloyati Karmana tuman Axborot - kutubxona markazida O‘zTTSA “UzTest” markazi Navoiy filiali xodimlari ishtirokida “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan “O‘zbegimning mard o‘g‘lonlari” deb nomlangan bellashuv kechasi o‘tkazildi.
Tadbirda harbiy qism askarlari hamda Navoiy shahar 7 - maktab o‘quvchisi Behruz Jumaniyozov tomonidan Vatanni madh etuvchi hamda Vatan himoyachilariga bag‘ishlangan she’rlar tinglandi.