Mahalliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari va nomenklaturasini kengaytirishda iqtisodiyotning qator tarmoq va sohalaridagi korxonalarning ishlab chiqarish faolligi ortmoqda.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining “UzTest” Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan “Korxonabay” tizimi asosida hududdagi mahalliy ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalariga amaliy yordam va konsultativ xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Filial xodimlari Xo‘jayli tumanida faoliyat yurituvchi “Kumush sahovat” xususiy korxonasida bo‘lib, korxonaning ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishilib, sohaga oid masalalar muhokama qilindi.
Korxonada zamonaviy uskunalar o‘rnatilib, kukunsimon yuvish vositasi mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Korxona vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, ishlab chiqarishda standart talablariga to‘liq javob beradigan xavfsiz tayyorlash, mahsulotni sinovdan o‘tkazish, sertifikatlashtirish, sifatni boshqarish tizimini joriy etish va sohaga oid bo‘lgan boshqa
masalalar muhokama qilindi. Korxona O‘zDst 3900-2019 me’yoriy hujjati bilan ta’minlandi.
“Kumush sahovat” korxonasiga ishlab chiqarilayotgan kukunsimon yuvish vositasi mahsulotlariga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirish tavsiya etildi.