O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” markazi Samarqand filiali mutaxassislari Urgut tumanida joylashgan trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Asomiddin Nur Tekstil” MChJda bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar hamda hozirda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni muvofiqligini baholash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatdilar.
Shuningdek, mutaxassislar korxona vakillar bilan kelgusida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish yuzasidan hamkorlikda ishlashga kelishib olishdi.
Korxona vakillariga sohaga doir qonunchiliklar to‘g‘risida keng tushunchalar berildi.