Kuni kecha “UzTЕST” markazi Jizzax filiali mutaxassislari Jizzax shahar erkin iqtisodiy hududida joylashgan Bojxona terminalida bo‘lishdi. Bu yerda bojxona sohasi vakillari bilan olib borilayotgan hamkorlik ishlari, kelgusida yanada samarali faoliyat olib borish yuzasidan muzokara olib borildi.
Xabaringiz borki, Respublika hududiga olib kiriladigan aksariyat mahsulotlar tegishli hujjatlarga asosan milliy sertifikatlashdan o‘tkaziladi. Aynan shu nuqta bojxona xodimlari va O‘zTTSA tizim tashkilotlari mutaxassislari faoliyatidagi o‘zaro bog‘liqlikni belgilab turadi.
Muzokara davomida Bojxona terminali omborida qolib ketayotgan import mahsulotlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish va Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan “Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalari”ga asosan sertifikatlashtirish ishlari, ayrim turdagi mahsulotlarni joyida o‘rnatilgandan so‘ng amalga oshirilishi bo‘yicha ma’lumotlar almashildi.