Texnik jihatdan tartibga solish agentligining davlat nazorat departamenti Surxondaryo viloyati bo‘limi, “O‘zMMI” va “UzTЕST” Surxondaryo filiallari mutaxassilari ishtirokida “Korrupsiyaning salbiy oqibatlari...” mavzusida bo‘yicha seminar tadbiri o‘tkazildi.
Davra suhbatida Surxondaryo viloyati prokuraturasi “Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi” tergovchisi Azizjon Babaniyazov o‘zining fikr mulohazalari bilan ishtirok etishdi.
Seminarda korrupsiya O‘zbekiston davlati va jamiyati taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekani nazarda tutilib, korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi kurashish barchaning eng ustuvor vazifasi ekanligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar huquqiy mavzuda o‘zlarini qiziqtirgan masalalar va fikr-mulohazalar bo‘yicha huquqni himoya qilish idorasi vakillaridan javoblar olishdi.