O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTEST” markazi Jizzax filliali mutaxassislari Arnasoy tumanida joylashgan “Arnasoy texno park” MChJda bo‘lib sohaga doir uchrashuv o‘tkazishdi.
Hozirgi kunda bu korxonadan Rossiyaga tayyor trikotaj mahsulotlarini eksport qilinmoqda. Filial mutaxassislar korxona vakillari bilan hamkorlikda ishlar olib borishga kelishib, sohaga doir qonunchilik targ‘ib qilindi. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 martdagi “Vakolatli organlarning meva-sabzavotlar, to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 175 – sonli qarorida berilgan imtiyozlar bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirildi. Shuningdek, sohaga doir boshqa me’yoriy hujjatlar haqida ma’lumotlar berildi.