O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” DM Samarqand filiali mas’ullari Samarqand shahrida joylashgan, polipropilen qoplar ishlab chiqaruvchi “Trans Chemical Cargo” MCHJda bo‘lishdi hamda ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Hozirda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning muvofiqligini baholash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, korxona vakillar bilan kelgusida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish yuzasidan hamkorlikda ishlashga kelishib olindi. Suhbatlar davomida sohaga doir qonunchilik targ‘ib qilindi.