Mamlakatimizning jahon hamjamiyati bilan integratsiyasi kadrlar tayyorlashning muvaffaqiyatli amalga oshishi bilan bog‘liq. Shu maqsadda Texnik jihatdan tartibga solish agentligida yuqori malakali va tajribali kadrlar tayyorlashga yanada keng e’tibor qaratilmoqda.
Joriy yilning 24 mayidan 6 iyuniga qadar Xitoy Xalq Respublikasining Savdo vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan tashkil etilgan "Food and Agricultural Products Standardization for Developing Countriyes" mavzusidasidagi onlayn seminarga 24 may kuni start beriladi.
Tadbir ishtirokchilari seminar davomida Xitoyning standartlashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, standartlashtirishning asosiy prinsiplari, standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita, milliy standartlarni ishlab chiqish, xalqaro (mintaqaviy) standartlar va xorijiy mamlakatlarning standartlari qo‘llanilishi, standartlarni e’lon qilish, tarqatish va nashr etish kabi tajribalarini o‘rganishadi.