O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” DM Samarqand filiali xodimlari tomonidan Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanida joylashgan “Oqdaryo Ipagi” MCHJ korxonasiga joyiga chiqqan holda, korxona vakillari bilan uchrashildi.
“Standartlashtirish to‘g‘risida”gi qonun hamda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 826-sonli qarorida keltirilgan imtiyozlar to’grisida keng tushuntirishlar berib o‘tildi.