Germaniyaning TÜV SÜD  muvofiqlikni baholash idorasi bilan Frankfurt shahrida uchrashuv o‘tkazildi. SE-markirovka, GS-markirovka, mahsulotlarning xalqaro va Yevropa talablari (EN, DIN, ISO, ASME, ASTM, AD 2000, IEC)ga muvofiqligini baholash, sifat menedjment tizimlarini sertifikatlashtirish, malakali  kadr tayyorlash sohasida tajriba almashishda hamkorlik munosabatlari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha hamkorlik bayonnomasi imzolanadi.  

Ma’lumot uchun: TÜV SÜD Germaniyaning mahsulotlar sinovi va sertifikatlashtirish, sifat menedjment tizimlari bo‘yicha dunyodagi yetakchi muvofiqlikni baholash  idorasi hisoblanadi. Idora 1866 yilda tashkil etilgan, bosh ofisi Myunxenda joylashgan, 48  ta mamlakatda vakolatxonalari mavjud, yillik aylanma mablag‘i 2,4 milliard yevro, xodimlar soni 26 mingtani tashkil etadi. Rasmiy veb sayti: https://www.tuvsud.com/en