Mahsulotlarning xorijiy davlatlarda raqobatbardoshligini va eksport salohiyatini oshirish hamda koʻlamini kengaytirish, yuzaga kelayotgan texnik toʻsiqlarni bartaraf etishda, tadbirkorlik subyektlariga ishlab chiqarishda va xizmat koʻrsatishda xalqaro standartlarning oʻrni katta. Ushbu yoʻnalishda xorijiy tajribani oʻrganish maqsadida SIS CERTIFICATIONS PVT. LTD bilan oʻquv seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda SIS CERTIFICATIONS PVT. LTD ijrochi direktori Arunendra Dvivedi tomonidan mahsulotlarini jahon bozorlariga eksport qilishda Hindiston tajribasi, Sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish, xorijiy davlatlarda mahsulotlarga qoʻyilgan import talablari toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot berildi.
Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro xamkorlik boshqarmasi