Loyihadan tayyor mahsulotgacha...
Agentlikning Samarqand viloyati tizim-tashkilotlari tomonidan 2023 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsion loyihalari oʻrganilib, korxonalarga xalqaro standartlarni joriy qilish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni eksportga yoʻnaltirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Xususan, masʼullar Kattaqoʻrgʻon shahridagi elektrotexnika zavodida boʻlib, korxonaning yangi loyihalari bilan tanishib, korxonada xalqaro standartlarni joriy qilish, mahsulot ishlab chiqarish jarayonini xalqaro meʼyor talablariga moslashtirish va kelgusida mahsulotlarni eksportga yoʻnaltirish boʻyicha zarur tavsiyalarni berdilar.