“Davlat bayrogʻi” qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan joriy yilning 18 –noyabr kuni Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Navoiy viloyati hududiy filiallari xodimlari ishtirokida «Bayrogʻimiz-faxru gʻururimiz» mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirda viloyat maʼnaviyat va maʼrifat markazi va A.Navoiy nomidagi markaziy kutubxona masʼullari ishtirok etdi.
Davra suhbatida bayrogʻimiz yaratilishining tarixiy-huquqiy va maʼnaviy asoslari, Davlat bayrogʻi – milliy suverenitetni, xalqimizning mustaqil, oʻz taraqqiyot yoʻliga egaligini bildiradigan muqaddas timsol ekanligi, davlat ramzlarini koʻz qorachigʻidek asrab-avaylash shu yurtning fuqarosi – har birimizning burchimiz ekanligi yana bir bor taʼkidlab oʻtildi.