Fransiyaning Versal shahrida Xalqaro tarozi va oʻlchovlar byurosining navbatdagi 27-Bosh konferensiya yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Unda aʼzo mamlakatlardan qatnashuvchilar tomonidan “Metrologiyaga boʻlgan ehtiyojlar” hisoboti, Global raqamli transformatsiya va xalqaro birliklar tizimi, Xalqaro kattaliklar tizimi (SI) prefikslari diapazonini kengaytirish, xalqaro vaqt birligi UTCdan foydalanish va kelajakdagi rivojlanish, Metrik konvensiyasiga rioya qilish masalalari koʻrib chiqiladi.
Xalqaro tarozi va oʻlchovlar byurosining Bosh konferensiya yigʻilishiga har bir davlatning milliy metrologiya tashkilotlari taklif etilgan. Tadbirda Agentlik huzuridagi Milliy metrologiya instituti vakillari ishtirok etmoqda.