Oliy Majlis Senatida koʻrib chiqilgan qonunlar va boshqa muhim hujjatlarni tadbirkorlar va ishlab chiqarish xodimlari oʻrtasida keng targʻib qilish maqsadida Senatining Orol boʻyi hududini rivojlantirish boshligʻi oʻrinbosari B.Matmuratov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Departamenti mutaxassislari hamkorligida Qanlikoʻl, Taxtakoʻpir, Qaraoʻzak, Taxiatosh, Nukus tumanlari hokimliklarida “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahriri haqida ochiq seminarlar oʻtkazildi.
Uchrashuvlarda Senatorlar tomonidan maʼqullangan yangi qonundagi oʻzgarishlarning kiritilgani soha vakillari tomonidan alohida taʼkidlab oʻtildi. Shuningdek, uchrashuvlarda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻillanuvchi korxona rahbarlari va tuman kengashi deputatlari qatnashdi.