OʻzTTSA masʼullari Bekobod tumanidagi "XON QIZI“ korxonasida boʻlib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar. Korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan tayyor tikuv mahsulotlari “Yengil sanoat mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglamenti talablari asosida toʻliq sinovdan oʻtkazildi va 21 nomdagi mahsulot uchun muvofiqlik sertifikati topshirildi.
Tadbir davomida korxona vakillariga mutaxassislar tomonidan qonunchilikdagi oʻzgarishlar va tadbirkorlarga berilgan imkoniyat va imtiyozlar, tushunchalar, yangiliklar va koʻrsatiladigan xizmatlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdilar.
Korxona tomonidan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishda texnik reglament, xalqaro standart va metrologiya talablariga rioya qilgan holda amalga oshirish zarurligi hamda ishlab chiqarish jarayonlarida mahsulotlarni eksport qilish uchun ISO, OEKO TEX va SEDEX xalqaro standartlari asosida sertifikat va ruxsatnomalar olishda amaliy yordam koʻrsatilishi aytib oʻtildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun mohiyati, mahsulotlarni reklama qilishda eʼtibor qaratilishi zarur boʻlgan masalalar haqida tushuntirishlar berildi.