“Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi”
davlat muassasasi tomonidan Yangi Oʻzbekistonning 2022–2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat Dasturiga muvofiq qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Respublikamiz sanoat korxonalarining faoliyatini oʻrganish hamda ularga texnik jihatdan tartibga solish sohalari yuzasidan zarur amaliy yordamlar berish, investitsiya dasturi asosida 2022-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan loyihalar hamda eksportyor korxonalarga sohaga doir masalalar boʻyicha xizmat koʻrsatishni takomillashtirish hamda sinov laboratoriyalari natijalarini xalqaro darajada tan olinishiga erishish shular jumlasidandir.
Dastlabki chorakda laboratoriyalarni xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish va rivojlantirish boʻyicha Markazning jami 9 ta sinov laboratoriyalari xalqaro va milliy akkreditatsiyadan oʻtkazildi. Shundan 6 tasi milliy, 3 tasi xalqaro darajada akkreditlandi.
Jumladan, “UzTest” DM tarkibidagi Toshkent shahri sinov laboratoriyalar majmuasi hamda Andijon filiali sinov laboratoriyalari yengil sanoat, mashinasozlik, neft-kimyo mahsulotlari va metall mahsulotlarini sinovlarini olib borish boʻyicha jami 867 ta sinov uslublari boʻyicha Belorussiya Akkreditatsiya idorasi (BGSA) dan xalqaro darajada akkreditatsiyadan utkazildi.
Sinov laboratoriyalar tomonidan sinov bayonnomalarda ILAC MRA belgisidan foydalanish huquqini koʻlga kiritdi.
ILAC laboratoriyalar va inspeksiya organlarini akkreditatsiya qilish boʻyicha xalqaro organ boʻlib, butun dunyo boʻylab akkreditatsiya qiluvchi organlar va manfaatdor tashkilotlarni oʻz ichiga oladi. ILAC doirasida akkreditatsiya organlarining oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi xalqaro koʻp tomonlama kelishuvi (Tartibi) mavjud. ILAC MRA belgisi - Xalqaro Laboratoriya Akkreditatsiyasi Hamkorligi (ILAC)ga tegishli roʻyxatdan oʻtgan xalqaro belgi hisoblanadi.
Buning natijasida sinov laboratoriyalar tomonidan rasmiylashtirilgan sinov bayonnomalarni xalkaro darajada tan olinishiga xukukiy asosiy asos vujudga keldi. Shu bilan bir qatorda, respublikamizdagi ishlab chiqaruvchi eksportyor korxonalarga keng imkoniyatlar yaratilib, mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksportga yoʻnaltirishga berilgan xulosalarni tan olinishiga hamda xorijiy davlatlarda ortiqcha sinovlar olib borilishi uchun qoʻshimcha xarajatlar tejalishiga erishilishi koʻzda tutilgan.
Shuningdek, elektromagnit moslashuvchanlikka baholash laboratoriyasini Slovakiya Akkreditatsiya idorasi (SNAS)dan akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha quyidagi ishlar amalga oshirildi. Chexiya davlati metrologiya instituti bilan noutbuk mahsulotini elektromagnit moslashuvchanligi boʻyicha xalqaro solishtiruv sinovlari olib borilib, ijobiy xulosa olindi. Laboratoriyaning akkreditatsiya doirasiga jami 42 ta xalqaro (EN, IEC, CISPR) standartlari kiritildi, ushbu standartlarni oʻzlashtirish maqsadida IEC xalqaro tashkilotiga murojaat etildi. ISO IEC 17025 xalqaro standarti boʻyicha laboratoriya sifat tizimi hujjatlari ishlab chiqildi. Joriy yilning aprel oyida ariza taqdim etilishi belgilandi.
Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sinash laboratoriyasini Turkiyaning TurkAK akkreditatsiya idorasidan xalqaro akkreditatsiyalash boʻyicha 22 ta xalqaro standartlar boʻyicha laboratoriya akkreditatsiya doirasi belgilandi. ISO IEC 17025 xalqaro standarti boʻyicha laboratoriya sifat tizimi hujjatlari ishlab chiqildi.
Hududiy filial laboratoriyalarini xalqaro akkreditatsiyalash boʻyicha Qozogʻiston va Qirgʻiziston akkreditatsiya idoralari bilan muzokaralar olib borilmoqda. Ushbu akkreditatsiya idoralariga ariza taqdim etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Kimyo-biologiya laboratoriyasini oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sinash boʻyicha akkreditatsiyadan oʻtkazish maqsadida Osiyo-Tinch Okeani hamkorligi tashkiloti mutaxassislari ishtirokida baholash auditi oʻtkazildi.
Laboratoriyalarga jami 1 182 mln soʻmlik sinov uskuna, yordamchi vosita, kimyoviy reaktiv va standart namunalar xarid qilish boʻyicha shartnomalar imzolandi. Shundan, 714,5 mln soʻmlik zarur vositalar yetkazib berildi.Xodimlar malakasini oshirishga doir masalalarda jami 33 nafar xodim, shundan, 4 nafari xorijda (Belarussiya), 29 nafari Standartlar institutida malaka oshirdi.
Mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish borasida esa bugungi kunda eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar hajmini kengaytirish yuzasidan hududiy filiallar hamkorligida ishlab chiqarish korxonalarida ISO, Global GAP, Organic va boshqa rivojlangan davlatlar standartlari joriy etish tizimini takomillashtirish koʻzda tutilgan.
Ushbu faoliyat davomida hududlarda 122 ta tumandagi 456 ta korxonaning 75 turdagi mahsulotlarini dunyoning 24 ta mamlakatlariga eksport qilinishida amaliy yordam hamda 620 ta konsultativ xizmat koʻrsatildi.
Maʼlumot uchun:
Standartlashtirish – 223 ta, metrologiya – 22 ta, sertifikatlashtirish – 96 ta, qadoqlash va yorliqlash – 40 ta, sifat menejment tizimi – 128 ta, boshqa masalalar – 111 ta.
Yirik 908 ta eksportyor korxona muammolari manzilli oʻrganilib, 533 ta korxonaga sohaga oid amaliy yordam berildi.
Maʼlumot uchun:
124 ta standartlashtirish, 137 ta metrologiya, 152 ta sertifikatlashtirish.
Ayni davrda nobarqaror vaziyatdan kelib chiqib, mahalliy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning tayyor mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatini yaratish maqsadida, Xitoy, Eron, Turkiya, Pokiston va Xindiston kabi davlatlarning eksportga qoʻyilgan talablari oʻrganilib, 1259 ta yirik eksportchi korxonalarga manzilli yetkazildi.
Investitsiya dasturi asosida yangi tashkil etilayotgan 4875 ta korxona manzilli oʻrganilib, shundan 81 ta korxonaga amaliy yordam koʻrsatildi.
Maʼlumot uchun:
69 ta standartlashtirish, 3 ta metrologiya, 9 ta sertifikat-lashtirish.
Muvofiqlikni baholashga doir jami 7786 ta (shundan 152 ta eksport) muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirildi. Nomufoviq mahsulotlar aniqlanmadi.
Maʼlumot uchun:
2076 ta mashinasozlik, 1895 ta elektrotexnika, 1495 ta yengil sanoat, 958 ta kimyo, 539 ta oziq-ovqat mahsulotlari.
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha sohada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi texnik jixatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlarida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish yuzasidan 2021-yilda moʻljallangan “Yoʻl xaritasi” ijrosi boʻyicha va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-son “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Davlat muassasasi tomonida muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2021-yil 22-apreldagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens nazorat) tuzilmasi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Unga asosan muassasa tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati tashkil topdi. 2021-yilning aprel-may oylarida “Pora olish-berish bilan kurashish menejmenti tizimlarini” (ISO 37001:2019) joriy etish boʻyicha xodimlarni oʻqitish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Standartlar institutida muassasaning KQK va KN boʻlimi xodimi va muassasaning menejment tizimi sertifikatlashtirish organi yetakchi mutaxassisi malaka oshirib qaytdilar. Hozirgi vaqtda, “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasida korrupsiya bilan bogʻliq holatlarni oldini olish va faoliyat shaffofligini taʼminlash maqsadida “Vody camera”lar bilan ishlash tizimi yoʻlga qoʻyilmoqda. Maʼlumki, mamlakatimizda «yagona darcha» bojxona axborot tizimi hisoblangan «singlewindow.uz» (singl vindov nuqta uz) sayti ishga tushirilgan boʻlib, muvofiqlikni baholash sohasida inson omilini qisqartirish uchun ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar “UzTest” davlat muassasasi orqali mahsulotlarini sertifikatlashtirishda faqatgina ushbu sayt orqali ariza yoʻllashi, hujjat topshirishi va sertifikatini qabul qilib olishi mumkin. Muhim jihati shundaki iboratki, Markazning sertifikatlashtirish organlari xodimlari ariza yoʻllagan murojaatchi mahsulotlarini sinov laboratoriyalariga taqdim etish uchun joylarga chiqqan holda mahsulot partiyasidan belgilangan meʼyor va talablarga asosan namuna tanlab oladi hamda zamonaviy sinov laboratoriyalar majmuasiga topshiradi. Ushbu jarayonning ochiq va oshkoraligini taʼminlashga qaratilgan yangi kuzatuv vositalari bilan korrupsiyaning oldini olish, mamlakatimiz bozorlariga sifatsiz mahalliy va import mahsulotlar kirib kelishining keskin darajada qisqartirilishiga erishiladi. Maʼlumot oʻrnida, mahsulotlarni sertifikatlashtirish, sinovdan oʻtkazish va boshqa sohada koʻrsatiladigan xizmatlar narxlari ochiq tarzda “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasining rasmiy «uztest.uz» saytida joylashtirilgan boʻlib, ushbu maʼlumotlarni batafsil koʻzdan kechirish va toʻliq shaklini yuklab olish imkoniyati yaratilgan.“CERT international” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasida xalqaro standart ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish (pora olish va berish bilan kurashish) menejmenti tizimi”ni ishlab chiqish, joriy etish va sertifikatlashtirishdan oʻtkazish boʻyicha dastlabki va ikkinchi bosqich audit jarayonlari oʻtkazilib, xalqaro sertifikat taqdim etildi. Unga koʻra, “UzTest” davlat muassasasi va uning hududiy filiallari korrupsiya illatidan holi hamda ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatda ekanligi maʼlum qilindi. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va “UzTest” DM korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati boʻlimi xodimlari bilan joylardagi huquq targʻibot oʻrganlari xodimlari bilan birgalikda agentlikning tizim tashkilotlariga, “UzTest” DM barcha sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalari va barcha filiallarida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish boʻyicha “Biz korrupsiyaga qarshimiz” - rukni ostida uchrashuv va seminarlar oʻtkazildi. “UzTest” DM va uning hududiy filiallarida mijozlar bilan ishlash maskanlarida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” yozuvli 60 dan ortiq koʻrgazmali bannerlarida Markaz ishonch telefon raqami kiritilgan holda tayyorlanib jihozlandi. Bundan tashqari Fuqarolar va yuridik shaxslarning korrupsiyaviy xolatlar boʻyicha hamda xodimlarning boshqa qonunga xilof xarakatlari toʻgʻrisida xabar berish boʻyicha muassasaning rasmiy veb sayti (www.uztest.uz) hamda elektron pochta va ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali ham istalgan vaqtda bevosita murojaat qilish imkoniyati yaratilgan. Bugungi kunda “Uz Test” DM Markaz binosining kirish qismiga (foyesiga) elektron-nazorat uskunasi “Face Control” qurilmasi va markaz laboratoriyasi kirish qismiga ham elektron-nazorat uskunalari oʻrnatildi.