2021-yilning noyabr oyida Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish hamkorligi (ILAC) va Xalqaro akkreditatsiya forumi (IAF) tashkilotlari tomonidan 2022-yil “9-iyun - Butunjahon akkreditatsiya kuni” munosabati bilan (#WAD2022) rassom hamda dizaynerlar oʻrtasida plakatlar tanlovi eʼlon qilingan edi.

Ushbu tanlovga jami 29ta ijodiy ishlar kelib tushgan. Bu yilgi sana “Akkreditatsiya: barqaror iqtisodiy rivojlanish va atrof-muhit” shiori ostida oʻtadi. Tanlov ishtirokchilari Birlashgan millatlar tashkilotining (BMT) Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) bilan yaqindan tanishib chiqib, uning asosiy gʻoyasini akkreditatsiya faoliyati bilan bogʻlagan holda oʻz plakatlarida ifodalashlari lozim edi.

Tanlovga koʻra birinchi oʻrin tailandlik grafika dizayneri Punyasorn Lumdjuanga nasib etdi va u 1500 AQSH dollari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi. Uning dizaynida atrof-muhit, iqtisodiyot va BRM oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik, hamda ekologik barqarorlik va oʻzgaruvchan dunyoda insonlar farovonligi muvozanatiga akkreditatsiya faoliyati qay tarzda taʼsir eta olishi oʻziga xos talqinda aks ettirilgan.

Ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni esa xitoylik rassom Chjan Men oʻzining ikkita plakati bilan egalladi va har biri uchun 500 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.

-Iqtisodiy va ekologik barqaror rivojlanish haqida fikr yuritar ekanman, men past uglerodli hayot tarzi, past uglerodli sayohatlar, ekologik toza energiya manbaalari haqida oʻyladim va shularni tasvirlashga harakat qildim, - deydi Chjan Men.

https://ilac.org/news-and-events/contest/