Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti masʼullari Guliston Davlat Universiteti rahbariyati, professor va oʻqituvchilari uchrashdi. Unda universitet tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar, oʻquv jarayonlari, iqtidorli talabalarga yaratilayotgan imtiyozlar, shu bilan bir qatorda xorijiy davlatlarning ilgʻor oliy oʻquv yurtlari bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik loyihalari boʻyicha tanishildi. Shuningdek, uchrashuvda universitet professor oʻqituvchilari va metrologiya institutining Sirdaryo filiali malakali xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Oʻlchashlarda innovatsiya” ishchi guruhi tomonidan olib borilayotgan ilmiy ishlar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Tadbir davomida Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va Guliston Davlat Universiteti oʻrtasida sanoat korxonalariga metrologiya yoʻnalishida malakali kadrlarni tayyorlash, sohaga doir ilm-fan va taʼlimni rivojlantirish, universitet negizida 2023-2024 oʻquv yilidan “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulot sifati menejmenti ” taʼlim yoʻnalishini (tarmoqlar kesimida) hamda «Standartlashtirish va metrologiya” ilmiy oʻquv laboratoriyasini tashkil etish, shu bilan birga 4+2 tamoyili asosida talabalarning nazariy bilimlarini bevosita ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot bilan uygʻunlashtirish orqali kengaytirish boʻyicha hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Tadbir soʻngida, universitet qoshidagi “ Ekspremental biologiya» ilmiy tadqiqot laboratoriyasi bilan yaqindan tanishildi.