Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti hamda “Uztest” markazi Chirchiq filiali mutaxassislari Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan “ORZU TEKSTIL”, “TEKSTIL TEXNOLOGIK GRUP”, “YENERGO SISTEM” eksportyor korxonalarida boʻlib profilaktika tadbirlari oʻtkazdilar.
Oʻrganishlar davomida ishlab chiqarish jarayonlari va mavjud muaʼmmolariga eʼtibor qaratilib, korxona vakillariga yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishda texnik reglament, standartlashtirish, metrologiya talablariga rioya qilgan holda amalga oshirish zarurligi hamda ishlab chiqarish jarayonlarida mahsulotlarni qadoqlanishi, yorliqlanishidagi yozuvlarni toʻliq davlat tilida boʻlishi yuzasidan tushuntirishlar berildi