Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 26-fevraldagi PQ-143-son “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarordagi topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida
Tashki savdo va investitsiyalar vazirligi, Texnik jixatdan tartibga solish agentligi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi va Turk standartlari instituti hamkorligida “ZOOM” platformasi orqali vebinar tashkil etildi.
Viloyatlar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi maʼsullari, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi va unga aʼzo korxonalar, muvofiqlikni baxolash idoralari ishtirok etgan seminarda ekspertlar tomonidan charm-mahsulotlariga oid mavjud standartlar, texnik reglamentlar, Yevropa va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi mavjud talablar, sertifikatlashtirish, mahsulotlar sifati va xavfsizligi sinovlari boʻyicha maʼlumotlar berildi.
Oʻquv seminari davomida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan mavjud muammo va takliflar oʻrganildi, ekspertlar tomonidan barcha savollariga batafsil javob berildi.
Oʻzbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro xamkorlik boshqarmasi